Vazirlar Mahkamasining 26-sentabrdagi qarori bilan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.
Hujjatga muvofiq, uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarni hisobga olish, shuningdek, xizmat uy-joylarini taqsimlash uchun:
- IIV Markaziy apparatining uy-joy-maishiy komissiyasi;
- hududiy ichki ishlar organlarining uy-joy-maishiy komissiyasi tashkil etiladi.
- xodim yoki uning oilasi uy-joy ijaraga olmagan yoxud, u yoki uning oilasi shaxsiy turar-joyga ega bo‘lmasa;
- xodim yoki uning oilasi uy-joy ijaraga olgan yoxud, u yoki uning oilasi shaxsiy turar-joyga ega bo‘lsa, ammo uyga jamoat transportidan foydalangan holda har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmasa (uy-joy xodim xizmat qiladigan joydan kamida 60 km uzoqligi sababli);
- xodim oilaning bir nafar a’zosi uchun yashash maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam bo‘lgan umumiy maydonga ega uy-joyda yashasa;
- xodim bemor, ayrim surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan a’zolari bo‘lgan boshqa oilalar ham istiqomat qilayotgan va ular bilan birgalikda yashash imkoniyati bo‘lmagan kvartiralarda yashasa;
- xodim qarindosh bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila istiqomat qiladigan, alohida ajratilmagan yonma-yon xonalarda yashasa.
Izoh (0)