• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbekiston terma jamoasi fan-klubi yetakchisi Abdurahmon Fozilov ishdan ketdi

    10 yil davomida O‘zbekiston terma jamoasi fan-klubini boshqarib kelgan futbol fanati Abdurahmon Fozilov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketdi. Bu haqda uning o‘zi ma’lumot berdi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Bunda Fozilov o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatish vaqti kelganini tushunib yetganini ma’lum qilgan.

    Quyida Fozilovning xayrlashuv so‘zlari keltirilgan:

    Bundan 10 yil avval Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi muhim o‘yindan oldin Rauf Inileyev boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasini fan-klub tashkil qilib, chiroyli qo‘llab-quvvatlab bera olasizlarmi, deb meni O‘FFga chaqirishgandi. 10 kun tayyorgarlik ko‘rib, 300 kvadrat metrli ulkan bayroq tayyorlangan va fan-klub tuzilgandi.

    O‘sha kuni milliy terma jamoamiz kuchli raqib ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 10.000 dan ortiq muxlis “MHSK” stadioniga kira olmay, ko‘chada qolib ketgani hamon yodimda...O‘sha kundan buyon xoh uyda, xoh xorijda — Siz azizlar bilan yelkama-yelka turib, bir tan-u bir jon bo‘lib, milliy terma jamoalarimizni qo‘llab-quvvatladik.

    Ayniqsa, 2015-yil fevral oyida Toshkentda o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati... Qorli kunlar-u, jazirama issiqda, yomg‘ir-u sovuqda vatanimizning birinchi raqamli jamoasiga haqiqiy 12-o‘yinchi bo‘ldik. Barchamiz bir bo‘lib, g‘alaba sari otlanganlarimiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga bosh egib, minnatdorchilik bildiraman. Ha, biz g‘oliblik gashtini ham surdik, mag‘lubiyat alamini ham totib ko‘rdik.

    Vatanimiz bitta, milliy termamiz ham xuddi yuragimiz kabi bitta! Rosti terma jamoamizning oxirgi o‘yinlari dilni judayam og‘ritdi, ishoning, futbolchilarimiz borini berdi, chunki hech qaysi futbolchi yarim kuchda o‘ynayman, deb maydonga tushmaydi. Xatoni boshqa joydan izlashimiz darkor.

    O‘FFning yangi rahbariyati yeng shimarib ishni qizg‘in boshlab yuborgan. Endi futbol bo‘yicha barcha terma jamolarimiz yaqin vaqt ichida o‘z maqsadlariga erishadi, deb umid qilaman.

    Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda sezdimki, men charchabman… Shu yillar davomida kuchim boricha harakat qildim, bilaman, har biringiz, har qanday fan-klubdan qolishmadingiz! Chunki har biringiz shu aziz vatan uchun joningizni berishga tayyorsiz!

    Men o‘z ixtiyorim bilan muxlislar klubi rahbarligidan ketish istagini bildiraman. Chunki yoshlarga yo‘l ochish har birimizning burchimizdir. Masalan, “Paxtakor” fan-klubida Javohirbek, “Andijon”da Nodirbek, “Qizilqum”da Shuhratjon, “Qo‘qon”da Ilhomjon va Qahramonjon kabi yetakchilar bor. Sanasak, sanog‘iga yetmaymiz, ularning barchasi terma jamoa fan-klubi rahbarligiga loyiq.

    Endi bo‘ldi, ishbilarmonligimni qilib yuraveraman va futbolga befarqman deganim emas. Men oxirgi nafasimgacha, tish tirnog‘im bilan yurt sha’nini himoya qilaman, Alloh bergan umrimning bir qismini oilamga, boshqa qismini futbol va albatta vatan bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishga sarflayman. Axir, bejizga 2016-yil, 24-avgust kuni O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov menga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini bermagan. Men bu ishonchni albatta oqlashim kerak!

    Baxt va omad siz-u bizni aslo tark etmasin, olg‘a O‘zbekiston! Barchangizga sihat-salomatlik tilab, Abdurahmon Fozilov.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    O‘FF prezidenti ketdi, fan-klub yetakchisi ketdi. Tashkilot vitse-prezidentlari Asqar Tolibjonov va Sardor Rahmatullayev, shuningdek, PFL direktori Farhod Magomedov hozircha jim. Ular faoliyatini davom ettiradimi yoki ishdan ketadimi — aniqlik kiritilmagan. Ularning o‘zi ham bu borada chiqish qilmagan.

    22.09.2017, 14:44   Izoh (0)   29807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “OFK boshlagan tekshiruv Eron — Suriya o‘yiniga taalluqli emas”. Muammo — Qatar bilan kelisha olmay qolgan arab davlatlarida

    07.09.2017, 11:18

    Hayitdan keyingi xina: Babayan iste’foga chiqarildi

    07.09.2017, 10:52

    OFK tekshiruv boshladi. O‘zbekiston JCh—2018 yo‘llanmasi uchun kurashga qaytadimi?

    06.09.2017, 21:58

    “Pozor! Pozor!”. Babayanning matbuot anjumanidan qochishi (video)

    06.09.2017, 20:36

    Van Damm va Yemelyanenko Toshkentga kelmaydi. Ularning o‘rniga Stiven Sigal tashrifi kutilmoqda

    06.09.2017, 18:11

    “Babayan — ***, Babayan — ***”. Muxlislar O‘zbekiston milliy termasi bosh murabbiyidan norozi

    06.09.2017, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.