Greenpeace faollari Britaniyaning Shirness portida Germaniyadan keltirilgan Volkswagen dizel avtomobillari tushiriligiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Faollar mashinalar keltirilgan kema bortiga chiqib olgani va Volkswagen mahsulotlarini Germaniyaga qaytarib ketishga rozi bo‘lmaguncha uni tark etishdan bosh tortayotganligi bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil sentyabrida AQSh atrof-muhit muhofazasi agentligi avtokonsernni dizelli avtomobillarga zararli tashlanmalar darajasini pasaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot o‘rnatganlikda ayblagan, shundan so‘ng 500 ming mashina qaytarib olingandi.
Izoh (0)