Ko‘zga ko‘ringan Bleacher Report nashri Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida to‘p surayotgan argentinalik hujumchilarga e’tibor qaratdi.
Diqqat qilinsa, ular mavsumni dahshatli boshlay olganini ko‘rish mumkin. Italiya A seriyasida faoliyatini davom ettirayotgan Paulo Dibala mavsumning dastlabki besh turida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U hozircha yaqqol to‘purar. “Inter” sharafini himoya qilayotgan Makuro Ikardi esa ketma-ket ikkinchi mavsumdirki dastlabki besh o‘yinda 6 ta gol urishning uddasidan chiqa olgan.
Lionel Messiga ortiqcha izoh shart emas. O‘zining ikkinchi yoshligini boshdan kechirayotgan Messi shu vaqtda qadar bo‘lgan eng dahshatli startini amalga oshirdi. Argentina termasining yetakchisi mavsumning dastlabki besh o‘yinida hech qachon 9 ta gol urmagandi. 2017-yilga kelib hujumchi shunga muvaffaq bo‘ldi.
Va nihoyat Angliya Premyer-Ligasida ham to‘purar argentinalik futbolchi — Serxio Aguero. Uning hisobida 5 ta gol bor.
Bosh murabbiy Xorxe Sampaoli ularning qay birini maydonga tushirishni-ku hal qilib oladi. Biroq qolgan jamoalar bu hujumchilarni Jahon Chempionatida qanday to‘xtatadi?
Izoh (0)