Ko‘pchilik hech qanday kuch sarflamasdan, mo‘jizaviy tarzda boyib ketishni xohlaydi. Lekin buning uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish va doimiy ravishda o‘z ustida ishlash talab qilinadi. Quyidagi maslahatlar sizga o‘z boyligingizni ko‘paytirishga yordam beradi.
Bo‘sh vaqtingizning kamida 80 foizini o‘rganishga bag‘ishlang
O‘zining harakatsizligini oqlash va ishontirish uchun o‘ylab topilgan bahona — bu vaqtning yo‘qligi. Albatta, agar u o‘ylamasdan sarflansa haqiqatan ham yetishmaydi, masalan ijtimoiy tarmoqlarga yoki televizor ko‘rishga. Siz hech narsa qilmasdan turib qanday qilib boyib ketishingiz mumkin?
Yaxshisi bo‘sh vaqtingizni o‘qishga va o‘z ustingizda ishlashga sarf qiling. Bu muvaffaqiyatli kelajak va maqsadlarga erishish kalitidir. Sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kishilari ko‘p vaqtlarini o‘rganishga ajratadi. Ular hech qachon o‘rganishni to‘xtatmaydi.
Ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan strategik hamkorlikni yarating
Sizda bir soha bo‘yicha bilim bo‘lsa, boshqa odam esa boshqa sohalar uchun zarur malakalarga ega bo‘ladi. Har ikkala tomonning mahoratlari ish beradigan loyiha rejasini tuzib chiqing.
Marketingni o‘rganing
Ko‘pchilikning muvaffaqiyatga erisha olmasliklari sababi — vaqtlarini bu fanlarni o‘rganishga sarf qilishni xohlamaslik.
Manba: “Layfxaker”
Izoh (0)