Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘idagi bolalar temir yo‘li 18-sentabr, dushanba kuni oxirgi marta reysga chiqdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Bundan xabar topgan ko‘plab toshkentliklar “quvnoq parovozcha”da so‘nggi marta sayr qilib qolish uchun bu yerga keldi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 4-sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Milliy bog‘i bazasida “zamonaviy va yuqori texnologiyali” madaniyat va dam olish bog‘i barpo etiladi.
Avvalroq bog‘ 18-sentabr, dushanbadan yopilishi, dam olish kunlari tashrif buyuruvchilar bog‘dagi mavjud attraksionlar hamda kelgusi taqdiri noma’lum bolalar temir yo‘lidan foydalanishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Nashr ta’kidlashicha, Toshkent bolalar temir yo‘li ba’zilar o‘ylaganidek attraksion emas, balki to‘la-to‘kis temir yo‘l, shu bilan birga, yosh avlod temir yo‘lchilik ishini o‘rganadigan o‘quv muassasasi hamdir.
Izoh (0)