Fransiya chempionatining 6-turidan joy olgan “PSJ” — “Lion” o‘yinida mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lib, mezbonlarning hujum triosi: Neymar—Kavani—Mbappe gol ura olmagan, lionliklar “PSJ”ga 2 ta avtogol “sovg‘a” qilgandi.
O‘yinning 79-daqiqasiga kelib lionliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni tepish borasida braziliyalik Neymar va urugvaylik Edinson Kavani bahslashib qoldi. Yakunda penaltini Kavani amalga oshirdi, ammo zarba gol bilan yakuniga yetmadi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi.
Fransiyaning L'Equipe nashri har ikki futbolchi yechinish xonasida mushtlashib ketishiga oz qolgani, jamoadoshlari ularni ajratib qo‘ygani haqida yozdi. Ma’lum bo‘lishicha, har ikki futbolchining shartnomasida mavsumni to‘purar sifatida yakunlash uchun alohida bonus ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, kim mavsum to‘purari bo‘lsa, 1 million yevro qo‘shimcha daromad qiladi.
Bunga qadar “PSJ” to‘purari bo‘lib kelgan Zlatan Ibrahimovichda kelishuv biroz boshqacharoq bo‘lib, u to‘purar bo‘lgan yillari uchun 1,5 million yevrolik bo‘lgan.
“PSJ” rahbariyati mana shunday shartga kelishish oldidan penaltidan urilgan gollar hisobda bo‘lmasligi haqida aytmagan. Bir klubning ikki futbolchisida shart o‘xshash bo‘lganidan keyin, ular penaltini talashishi turgan gap.
Penaltini kim tepishni maydonda futbolchilarning o‘zlari hal qilishlari kerak. Agar ular buning uddasidan chiqa olmasa, penaltini kim tepishini o‘zim hal qilib beraman.Get French Football nashri Neymar Instagram tarmog‘ida Kavanini kuzatishni to‘xtatganiga oydinlik kiritdi. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, “PSJ” lageridagi muhit buzilishi katta ehtimol.Unai Emeri, “PSJ” bosh murabbiyi
Bunga qadar Neymar 4 ta, Kavani 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)