• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ahmet Demir: O‘zbekiston biz uchun ertak edi

    16-sentabr kuni Demir Holding asoschisi Ahmet Demir Alpha Education o‘quv markazida O‘zbekistonda biznes yuritish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi. U bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklar va ularni qanday yengib o‘tganligi haqida hikoya qildi, deb yozadi “Kommersant.uz”.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Ahmet O‘zbekistondagi faoliyati haqida hikoya qilishdan avval o‘zi haqida, qanday qilib biznesmen bo‘lgani va shu kunga qadar qaysi prinsiplarga amal qilishi haqida hikoya qildi.

    Nima har kuni millionlab kishilarni harakatlanishga undaydi? Har bir kishi amalga oshirishga intiluvchi o‘z g‘oya va rejalariga ega. Shu sababli raqobat yuzaga keladi: hamma birinchi bo‘lishni istaydi. Biroq birinchi yoki ikkinchi bo‘lish — eng muhimi emas. Asosiysi o‘z o‘rningni topish va oxirgi bo‘lmaslik. Buning uchun muntazam ishlash lozim.

    Temir — oilaviy ish

    “Demir” turk tilidan tarjima qilganda “temir” ma’nosini anglatadi. Ahmetning otasi Ramazon Demir butun umr armatura sotish bilan shug‘ullangan. U dastlab temir sotib olib, uni qayta sotgan, keyinroq uni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Ahmet kichkinaligida kechki ovqatdan so‘ng otasi, akasi va u stol atrofida qolib, biznesni muhokama qilar, ishlab chiqarish, daromad borasida bahslashar edi. Shunday qilib, Ahmet olti yoshidayoq biznes yuritish asoslarini tushunib yetdi.

    — Bu menga juda yordam bergan, bugun biz u yoki bu biznes bilan shug‘ullanish haqidagi qarorni tez qabul qila olamiz. Otam qurilma sotib olgandan so‘ng biz avtomobil yo‘llari uchun to‘siqlar ishlab chiqara boshladik. Ularni davlat sotib olar, men esa muzokaralar olib borar edim. Davlat to‘siqlarni yetib borish qiyin bo‘lgan, suv ham, non ham bo‘lmagan joylarga o‘rnatishi kerak edi. Shunday qilib biz rejalashtirish va logistika bilan ham shug‘ullana boshladik. Bizga nima qilishni hech kim o‘rgatmagan, hayotning o‘zi o‘rgatgan. Otam hech qachon bekor o‘tirmas edi. Savdo yurishmasa, ishchi guruhni 500 tonna armaturani bir joydan boshqa joyga tashishga majburlar edi. U bu orqali mijozlar paydo bo‘lishini tushuntirar edi. Bu usul juda ish berar edi.

    “O‘zbekiston haqida hech narsa bilmasdik”

    Ahmet Demir hayotida Turkiya prezidenti Halil Turgut Ozal katta rol o‘ynagan. Ahmet va boshqa yosh biznesmenlar uning konferensiyalarida tez-tez qatnashib turgan. 1983-yilda Turgut Ozal bosh vazir bo‘lganda, majlislarda qanday ishlash lozimligi, eksportning ahamiyati haqida so‘zlab bergan.

    — Bir kuni Ozal to‘rt-besh yildan keyin SSSR bo‘lmasligini ma’lum qildi. Biz bunday bo‘lishi mumkin emas deb o‘yladik. Shunda u SSSRda turk xalqi yashovchi mamlakatlar borligini aytdi. U har birimizga: “Sen Qozog‘istonga borasan, sen — Qirg‘izistonga”, — der edi. U har safar “Sen O‘zbekistonga borasan”, — deganda uning nigohlari menda to‘xtardi. Bu mamlakat biz uchun Alouddin chirog‘i va o‘zi uchar gilamlari bor ertak edi. U haqda hech narsa bilmasdik. O‘zbekiston mustaqillik haqida e’lon qilganda, do‘stlarim menga qo‘ng‘iroq qilib, mening O‘zbekistonim mustaqillikka erishganligi haqida hazil aralash hikoya qila boshladi. Men esa hamon hayratda edim, nega “meniki”!

    “Oshni bir marta tatib ko‘rgan inson O‘zbekistonda rejalar tuza boshlaydi”

    Shunday qilib Ahmet do‘stlari bilan O‘zbekistonga borishga qaror qildi. Ular uch kunga borishdi, havo juda sovuq bo‘lishiga qaramasdan, mamlakat ularda yaxshi taassurot qoldirdi.

    — Biz “O‘zbekiston” mehmonxonasida yashaganmiz. Bir kuni tongda mehmonxona xodimi eshikni taqillatib, “Ovqat tayyor, tushinglar!” dedi. Turk tilida “avukat” so‘ziga hamohang so‘z advokat deb tarjima qilinadi. Shuning uchun juda hayratlandim va sabotli xodimga bizga advokat kerak emasligini uzoq tushuntirdim.

    Tushga yaqin o‘zbek palovi bilan tanishdik: oshni bir marta tatib ko‘rgan inson albatta O‘zbekistonda biror-narsa rejalashtirishni boshlaydi.

    Bizning turli takliflarimiz bor edi. Yo‘llar ta’mirtalab bo‘lganligi uchun bu yerda to‘siqlar ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurmoqchi edik. Ikkinchi taklif shakar zavodi edi. Shakar zavodi qanday ishlashini bilmasdim, biroq loyihani amalga oshirishimga ishonar edim. Turkiyada shakar fabrikasi ishini ikki hafta davomida o‘rgangan edim. Hozirgacha butun jarayon yodimda.

    10—15 kundan keyin Toshkentga qaytdim va o‘z ofisimni ochdim. Ushbu loyihalarni har kuni muhokama qilar edim, biroq natija yo‘q edi. Keyinroq yaqin uch-besh yil ichida shartnoma bo‘lmasligini xushmuomalalik tufayli menga aytishni istamayotganliklarini tushunib yetdim.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Ko‘rimsiz sovun va paxta yog‘i

    Ba’zan bir eshikni qayta-qayta muvaffaqiyatsiz taqillatasiz, kutilmaganda butunlay boshqa eshik ochiladi. Ahmet Demir bilan aynan shunday bo‘ldi. U uyga bo‘sh qo‘l bilan qaytishni istamadi, biroq shaharni ham til va bozorni ham bilmasdi. Shunday qilib u Toshkentda yarim yilni o‘tkazdi.

    — Mehmonxonada yashardim: yotoqxona, ish kabinetim va zal bor edi. Bu vaqt ichida bozorni o‘rganishga ulgurdim. Do‘konlarda deyarli hech narsa yo‘q edi: yomon qog‘oz, ko‘rimsiz sovun, faqat paxta yog‘i. Shunday qilib menda millionlab rejalar paydo bo‘ldi, biroq xaridor masalasini aniqlashtirib olish kerak edi. Urinib ko‘rishga qaror qildim: ikki katta yuk mashina shirinlik, mazali makaron va boshqa mahsulotlar buyurtma qildim. Bir oy davomida tovarni oldim.

    Bu vaqt davomida Markaziy bank bilan rublni dollarga almashtirish borasida maslahatlashdim. Buni amalga oshirish juda qiyin edi: hech kim to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsata olmasdi. Tovarni qayta sotib, ko‘p rubl oldim. Valyutani almashtirishga rozi tashkilot paydo bo‘ldi. Shundan keyin biznes hajmi muntazam oshib, yurishib ketdi. Shakar zavodi va to‘siqlar masalasi joyidan siljimadi va men savdo bilan shug‘ullanishda davom etishga qaror qildim.

    Turk mahsulotlari: brinza, zaytun yog‘i va shirinliklarini sog‘inardim. Shunda do‘stlarim bilan ushbu mahsulotlar uchun kichkina do‘koncha ochishga qaror qildik. Biroq Toshkentda bunga mos kichikroq joy topa olmadik. Shunda faqat o‘zimiz uchun emas, xalq uchun supermarket ochishga qaror qildik. Maydon katta bo‘lganligi uchun uning bir qismini fud-kort bilan band qilishga qaror qildik. Barchamiz bitta non 0,2 dollar turganda, odamlar gamburgerni 1 dollarga xarid qilmaydi deb o‘ylardik.

    Ochilgan kunimiz birinchi kecha ko‘chalarda hech kim yo‘q, atrof jim-jit edi. Turkiyada odamlar kunduzi ham kechasi ham sayr qilib, xaridlarni amalga oshiradi. Men tashvishlana boshladim. Biz bunga 5—6 million dollar tikdik, mijoz esa yo‘q edi. Do‘stlarim bankrot bo‘lishimni aytishdi. Tuni bilan uxlamadik. Biroq tonggi 10 da juda ko‘p odam keldi, bir yarim soatdan so‘ng esa odamlarni to‘xtatib turish uchun militsiya chaqirishimizga to‘g‘ri keldi. Odamlar ertaga hech narsa qolmasligidan qo‘rqib, mahsulotlarni qutilari bilan xarid qila boshladi.

    Yechim har doim bor

    Ajiotaj va yaxshi tovar aylanmasi birinchi qaraganda har doim plyusdek. Biroq buning aksi ham bo‘lishi mumkin. Narxlar bozornikiga qaraganda yuqori bo‘lishiga qaramasdan, Mir Store’da go‘sht tugab qoldi.

    — Go‘sht uchun navbat 100—200 metrga cho‘zilib ketdi. Bu muammoni hal qilish uchun ushbu mahsulot bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotiga murojaat qildim. Har kuni pullarni bankka yuborganimiz uchun naqd pulimiz yo‘q edi. Davlat tashkiloti go‘sht xarid qilish uchun kvota olishni maslahat berdi. Buning uchun o‘z go‘sht kombinatimizga ega bo‘lishimiz kerak edi. Kompaniyamiz birjadan Chirchiqda go‘sht kombinati topdi. Biz uni sotib oldik va kvotaga ega bo‘ldik. Shunga qaramasdan, go‘sht tugab qolganligi ma’lum bo‘ldi. Shunda bizga kolxoz sotib olib, o‘z chorvamizni ko‘paytirishni maslahat berishdi. Biz xaridorlarga go‘sht yo‘q deb ayta olmasdik. Shuning uchun kolxoz xarid qildik va unga 3,5 million dollar tikdik. Yarim yildan so‘ng mablag‘ tugadi, biroq sigirlarimiz ko‘p edi. Ba’zan ko‘p bilgan emas, g‘ayrat va yoshlik jo‘sh urganlarning omadga erishishi osonroq. Biz hech qachon zarar ko‘rmadik.

    Oldinga intilish kerak

    Agar siz o‘z g‘oyangizni his qilib, yaxshi ko‘rsangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Ahmet Demir jamoasi har qanday vaziyatga pozitiv bilan yondashdi.

    — Vatanimiz Turkiya bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonni yaxshi ko‘rardik. Mamnuniyat bilan ishlardik, xalqni va do‘stlarimizni yaxshi ko‘rar edik. Har doim yangi imkoniyatlar tomon qarash, foydani qanday ko‘paytirish haqida o‘ylash lozim. Faqat qishloq xo‘jaligida uzoq vaqt ishlab qolmasdan, yuqori texnologiyalarga murojaat qilish va imkoniyatlarni kelajakdan izlash lozim. Biroq an’analarni ham unutib qo‘ymaslik kerak. Istanbulda eng yaxshi raxat-lukum sotuvchi qadimiy kompaniya Haci Bekir bor. Bu kompaniya 240 yildan beri mavjud. Dunyoda bunday misollar juda kam. Ularda ishlab chiqarish barqaror, mahsulotning bir kilogrammi turiga qarab 15—50 dollar turadi.

    Sentabr oyi boshida Demir Holding “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilishga davlatdan ruxsat oldi. Loyihani ikki yilda yakunlash rejalashtirilmoqda, hozircha esa Ahmet Demir va uning jamoasi turkiyalik bosh oshpazlar tomonidan tayyorlangan turli-tuman taomlar taqdim etiladigan turk restoranini yaratish bilan band.

    19.09.2017, 12:46   Izoh (0)   145725
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 3 oydan beri aliment to‘lamagan er qamoqqa olindi (video)

    19.09.2017, 12:02

    Farmatsevtika sohasidagi erkin iqtisodiy zonalar suv, gaz va elektr ta’minotiga ulanadi

    19.09.2017, 11:39

    Olmaota — Toshkent — Olmaota yo‘nalishidagi “Tulpor-Talgo” haftada ikki marta qatnovlarni amalga oshiradi (foto)

    19.09.2017, 11:14

    The Wall Street Journal O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolani chop etdi

    19.09.2017, 11:13

    Shavkat Mirziyoyevni AQShda qanday kutib olishdi? (video)

    19.09.2017, 10:37

    Markaziy bank xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini e’lon qildi

    19.09.2017, 10:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston Rossiyadan Su-57 va Amerikadan F-35 uchoqlarini sotib olishi mumkin

    Dunyo | 11 avgust, 21:45

    Avstraliya Falastinni tan olish niyatini e’lon qildi. Yangi Zelandiya esa ushbu masalani ko‘rib chiqmoqda

    Dunyo | 11 avgust, 21:35

    Yaponiya hukumati suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli uch million kishini evakuatsiya qilishga chaqirdi

    Dunyo | 11 avgust, 21:25

    Superliga. “Neftchi” “Nasaf” ustidan muhim g‘alabaga erishdi

    Sport | 11 avgust, 21:15

    Uch nafar ichki ishlar xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:15

    “Rakurs” — Hamid Sodiq bilan. Oqsoq oliy ta’lim haqida ochiqchasiga gaplashamiz (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:06

    “MTRK binosidagi yagona lift ikki yildan beri ishlamaydi” — senator raisga so‘rov yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 20:59

    Donald Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Bu xavfli kasallikmi?

    Dunyo | 11 avgust, 20:46

    Varikoz muammosi: kasallikni oldini olish va davolash bo‘yicha flebolog tavsiyalari

    Ayollar sahifasi | 11 avgust, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.