O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Jamshid Najmiddinov WBC chempionlik kamarining sobiq egasi, ukrainalik Viktor Pastolga qarshi ringga chiqdi va mag‘lub bo‘ldi.
Ukraina poytaxti Kiyevda o‘tgan jang referilari ochiqchasiga mezbon bokschiga yon bosdi, deb hisoblovchilar ko‘pchilikni tashkil qilayotganini ijtimoiy tarmoqlardagi izohlardan ham bilish mumkin. Chunki Jamshid Najmiddinov raqibi Pastolni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo‘ygan, ammo yakunda g‘oliblik mezbon sportchiga nasib qilgan, deb “Daryo”ga murojaat qildi journalist Ahmad Eshmatov.
63,5 kilogramm vazn toifasida jang qiluvchi Jamshid Najmiddinov bungacha ko‘pchilik uchun notanish bo‘lgan. Vaholanki, shu vaqtga qadar bokschi 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgandi. Shularning 9 tasida qarshisida turgan bokschilarni nokautga uchratgan. Kiyevdagi jang Najmiddinov uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
Professional boksdagi faoliyatini “Temurlang” promouterlik klubi bilan hamkorlikda davom ettirayotgan Najmiddinov AFCA kamarining amaldagi sohibi hisoblanadi.
Ukrainalik Viktor Postol boks olamida ancha mashhur. U 2015—2016-yilgi mavsumlarda WBC chempionlik kamarini munosib himoya qilgan. 2016-yilning 23-iyul sanasida Trensi Krouford bilan jangda kamaridan ayrilgan. O‘sha mag‘lubiyat uning uchun yagona bo‘lib turibdi.
Jang murosasiz o‘tdi. Jamshid g‘alaba qozonganini butun Ukraina xalqi ko‘rdi va e’tirof etdi. Jangdan so‘ng muxlislar “Yangi Pakyao”, “Yangi chempion”, deb uni olqishladilar. Qolaversa, ushbu boks kechasini tashkil qilgan promouterlar o‘zlari kelib, hakamlik uchun uzr so‘rashdi. O‘ylaymanki, bu xolat kelajakdagi ulkan g‘alabalar uchun sabab bo‘ladi.Xusrav Nasrullayev, “Temurlang” promouterlik klubi rahbari
Izoh (0)