AdMe mualliflariga o‘zlari kutganidan ham ko‘proq muvaffaqiyat keltirgan noodatiy biznes-g‘oyalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Nur taratuvchi unitaz
IllumiBoel 2.0 ixtirosi unitazga o‘rnatiladi va u xonaga kirgan odamning harakatini maxsus datchik yordamida sezib, o‘zi yonadi. Qurilmaning narxi 10 dollar bo‘lib, uni rivojlantirishga 226 ming dollar yig‘ilgan.Kartoshkali salat
Zak Braun kartoshkali salat tayyorlashga qaror qilgan va unga ketadigan mahsulotlarni sotib olish uchun 10 dollardan yig‘ish kampaniyasini tashkil etgan. Uning maqsadi eng ahmoqona va foydasiz g‘oya uchun ham pul ishlash mumkinligini isbotlash bo‘lgan. Natijada Zak 7000 kishidan 55 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga erishgan.Har qanday narsani klaviaturaga aylantiruvchi qurilma
MaKey MaKey Go qurilmasi odatiy fleshka ko‘rinishida bo‘lib, u barcha narsani, masalan, pitssa bo‘lagini, bodiring yoki jeleni kompyuter klaviaturasiga aylantira oladi. G‘oya odamlarni shu qadar qiziqtirib qo‘ydiki, uning amalga oshirilishi uchun 200 ming dollar xayriya qilindi.Avtomatik tish tozalagich
Amarbush — tishlarni 10 soniyada tozalay oladi. Qurilma ishlashi uchun uni tishlash va ushlagichini aylantirish lozim, qolganini uning o‘zi bajaradi. Amabrush’ni yaratish uchun bir oy davomida 3,2 million yevro to‘plangan.Skelet sham
Islandiyalik dizayner Torunn Arnadottir shamning noodatiy shaklini yaratdi — mushuk ko‘rinishida shamga o‘rnatilgan metall karkas yuqori haroratda skeletga o‘xshab qoladi. Torunn o‘zining ushbu g‘oyasi uchun 102 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.Ayiq-kastyum
Ayiq-kastyum — hayotda umuman keraksiz bo‘lgan buyumlardan ham pul ishlash mumkinligining isbotidir. Ushbu loyihaning yaratuvchilari 2500 dollar pul ishlab olishni rejalashtirishgan, ammo ular 29 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)