Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Irlaniyalik Kayri Kolfild Virginiya orollarida orzuidagi uyni sotib olgan edi. Uning orzusi amalga oshdi, ammo “Irma” to‘foni bu uyni vayron qildi, deb xabar beradi ForumDaily.

Kadr: Facebook / Molnia Plus

Kadr: Facebook / Molnia Plus
Shunday bo‘lishiga qaramay, erkak tushkunlikka tushmadi va hazilomuz video yozdi.

“Bu devorlar, ular yaxshi ahvolda. Bu oshxona, barbekyu mana bu yerda. Yana bitta devor, ajoyib. Shisha banka, sog‘-omon saqlanib qoldi. Endi — barcha diqqat qaratsin — devorlar yo‘q”, — hikoya qiladi Kolfild.

Uning so‘zlariga qaraganda, uy xarid qilganidan besh kun o‘tib devorlarning yarmi yo‘q. Shunga qaramay u hazilomuz tarzda to‘fonga dosh bergan daraxtni baribir kesib tashlashini bildirdi. So‘ng kamera tomga qarab yuradi va tomning ham yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

[fbvideo link="https://www.facebook.com/MolniaPlus/videos" width="500" height="400" onlyvideo="1"]

“Nima deyishim mumkin? Bundan battar ham bo‘lishi mumkin edi. Men Ginnessni (pivoni) topa olmasligim mumkin edi”, — deb hazillashadi erkak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Facebook asoschisi Mark Sukerberg uchinchi marta ota bo‘ldi (foto)
Sport
La Liga prezidenti: “Barselona” Messini ortga qaytara olmaydi 
Shou-biznes
Bir yil davomida suratga olingan, professional aktyorlar ansambli jamlangan “Ofitser 55” filmi taqdimotidan reportaj (foto, video)