O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17-sentabr kuni Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Avval xabar qilinganidek, davlat rahbari Ashxobod shahrida o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Prezident qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)