Chernogoriyaning “Bokel” jamoasi darvozaboni, 33 yoshli Goran Lenats klub bazasida mashg‘ulotlar o‘tash chog‘ida otib o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqea 16-sentabr kechki soatlarda ro‘y berdi. Lenats klubning Kotor shahridagi bazasida do‘sti bilan birga shug‘ullanayotgan edi, ammo noma’lum shaxs uning boshiga o‘q uzdi. Golkiper shifoxonaga yetkazildi, u yerda shifokorlar erkakning o‘limini qayd qildi.
Politsiya Kotorni bekitib qo‘ygan, ayni paytda jinoyatchi qidirilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, qotil guvohlarni qo‘rqitish uchun bir necha marta havoga o‘q uzgan.
Chernogoriyaning Skalaradio radiostansiyasi jinoyatchi shaharni yaxshi bilishini taxmin qildi, negaki u qorong‘uda yashirinishga muvaffaq bo‘lgan va shu paytgacha politsiya uni topa olgani yo‘q.
Izoh (0)