“Yulduzlar jangi” filmining to‘qqizinchi qismiga Jey Jey Abrams rejissorlik qiladi. U Kris Terrio bilan birgalikda film ssenariysini yozadi. Epizod 2019-yilda taqdim etilishi kerak. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Foto: Google Images

“‘Kuchlarning uyg‘onishi’ o‘zini oqladi. U trilogiyani yakunlash uchun qaytayotganidan xursandman”, — dedi Lucasfilm studiyasi prezidenti Ketlin Kennedi.

Mazkur qismning Kolin Trevorrou tomonidan suratga olinishi kutilgan edi. Biroq “loyihaga turlicha qarash” sababli u bilan kelishuv bekor bo‘lgan.

Jey Jey Abrams filmning yettinchi qismi — 2015-yilda taqdim etilgan “Kuchlarning uyg‘onishi”ni suratga olgan. 2017-yilning dekabr oyida “Yulduzlar jangi: So‘nggi jeday” filmi ekranlarga chiqadi. Uning rejissori Rayan Jonson bo‘lgan.