8-sentabr kuni tarmoqlarda Asal Shodiyevaning mashhur vizajist tomonidan amalga oshirilgan pardozi aks etgan video paydo bo‘lgandi. Ushbu video ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilindi, deb xabar berdi “MyDay.uz”.
57 ming martadan ortiq ko‘rilgan video katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi va post ostida 150 dan ortiq izohlar qoldirildi. Odamlar erinmay aktrisaning pardozsiz va pardozli ko‘rinishini muhokama qilishga tushib ketdi. Ba’zilar aktrisaning pardozsiz go‘zal ekanini ta’kidlasa, ba’zilar pardozsiz tanib bo‘lmas darajada boshqacha ekanini yozishgan.
E’tiborli tomoni aksariyat tanqidchilar erkaklarni tashkil qilgani, ayollar esa aksincha aktrisani qo‘llab-quvvatlaganini kuzatish mumkin.
Izoh (0)