“Championat.asia” Chempionlar Ligasi start oladigan kunda futbol yulduzlarining karikaturalarini Bleacher Report nashriga asoslanib taqdim etdi.
Bunda har bir yulduz karyerasidagi holat o‘z ifodasini topgan.
Krishtianu Ronaldu 13-Chempionlar Ligasi haqida o‘ylashni boshlab yuborgan. Unda hozircha hamma narsa bor. Shunchaki, sovrinlari qatoriga yana bittasini qo‘shib qo‘yishni istaydi. U o‘zini shunchalar yaxshi ko‘radiki, televizorda ham faqat o‘zini tomosha qiladi.
Lionel Messi shartnomasini uzaytirish yoki uzaytirmaslik haqida o‘ylamoqda va Neymarning rasmiga tikilib o‘tiribdi. Shkaf ustida esa Manchesterga yo‘l olishi mumkinligini anglatuvchi kitob bor. Buffonning rasmi ham bejiz emas, “Barselona” bir yil avval uning darvozasiga 180 daqiqa davomida gol ura olmagandi.
Bir tonna pul quchog‘ida yotgan Neymar Chempionlar Ligasidan ko‘ra ko‘proq, o‘zining shaxsiy yutug‘i — “Oltin to‘p” haqida o‘ylayotgani aytilgan. Pikening surati esa himoyachining Instagram’dagi fikrlaridan kelib chiqib tanlangan.
Buffonga Chempionlar Ligasi sovrini kerak. Biroq ketma-ket ikki finalda uning jamoasi mag‘lub bo‘ldi. Kubokka bo‘lgan intilishni esa o‘rgimchak islari bosib ketgan, axir uning yoshi o‘tib bormoqda. Jovonda esa 2006-yil qo‘lga kiritilgan Jahon kubogi va Italiyaning o‘nlab kuboklari qalashib yotibdi.
Zlatan Ibrahimovich o‘zi to‘p surgan jamoalar bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olgan. Biroq “Yunayted”da uning an’analari buzildi. Chempionlar Ligasi kubogi uning uchun armon. Jarohatidan qutulganini meshok tepib isbotlagan yulduz suratida boks va karate moslamalari nega turganini osongina tushunish mumkin.
“Barselona” ishqida yongan, biroq maqsadiga yeta olmagan Koutinyo kun sanash bilan band. Katta ehtimol bilan “Liverpul” uni yanvar oyida ochiladigan qishki transferda qo‘yib yuborsa kerak. U liverpulliklardan ko‘ra ko‘proq Braziliya termasi haqida o‘ylayotganini to‘shagidan ham bilish mumkin.
Izoh (0)