EMS Uzbekistan – O‘zbekistonning xalqaro tezkor pochta xizmati “O‘zbekiston pochtasi” AJ “Xalqaro tezkor pochta” filiali 5-sentabrdan boshlab pochta aloqasi xizmatlari, shu jumladan, xalqaro tezkor jo‘natmalar uchun to‘lovlarni milliy valyutada qabul qilmoqda, deb xabar berdi “O‘zbekiston pochtasi” matbuot xizmati.
Milliy valyutaga o‘tish joriy yilning 2-sentabrida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asoslangan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun narxlar va tariflar faqat milliy valyutada belgilanadi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJning universal pochta xizmatlari, posilkalar, banderollarni, kuryerlik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishidagi narxlar o‘zgarishsiz qoldirildi va faqat milliy valyutada qabul qilinadi.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida EMS Uzbekistan xizmatlari “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta aloqa bo‘limlarida ham ko‘rsatiladi.
Narxlar bo‘yicha ma’lumotni (http://www.emspost.uz/prays) havolasi orqali olish mumkin.
Izoh (0)