To‘fondan qochib uyini tark etgan amerikalik Brayan Foster qaytib kelib, mehmonxonasidagi stol ostida kutilmagan mehmonni topib oldi. Bu haqda ForumDaily xabar bermoqda.
Texas shtatida avj olgan “Xarvi” to‘foni oqibatida minglab odamlar uylarini tark etgan edi Foster o‘shalardan biri edi.
To‘fon tinib, uyga qaytgach, Foster Xambl shahridagi xususiy mulki qay darajada zarar ko‘rganini tekshiruvdan o‘tkazdi. Kutilmaganda u stol ostida 3 metrlik alligator borligini payqab qoldi.
Foster politsiyachilar hamda yovvoyi tabiatni himoya qilish xizmati vakillarini yordamga chaqirdi.
Ular jonivorni tutib olib, pikapga solib olib ketdi.
https://twitter.com/13ProducerChris/status/903658180219207683
Xabarnomada so‘ngida ta’kidlanishicha, alligator tabiiy yashash muhitiga qaytarilgan.
Izoh (0)