2017-yilgi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etgan amerikalik Jina Chaves Registon maydonida o‘zbekistonlik xonanda Sardor Rahimxonning “Pari, pari” qo‘shig‘ini kuyladi.
O‘zAning yozishicha, Chaves boshchiligidagi jamoa o‘zbek tilida ijro etgan qo‘shiqni tomoshabinlar olqishlar bilan kutib olgan.
“Sharq taronalari” festivalida qatnashish biz uchun katta sharaf. Registon maydonida jamoamiz bilan o‘zbek tilida ham kuylashga qaror qildik va buning uchun ikkita qo‘shiq tayyorladik. “Sharq taronalari”dagi ishtirok bizning ijodimizda tub burilish yasamoqda.Amerikaliklar “Sharq taronalari”da o‘zbek tilida qo‘shiq kuylagan yagona xorijiy ishtirokchi emas. Mana, masalan, yaponiyaliklar:Jina Chaves, amerikalik xonanda
Izoh (0)