Air Astana aviakompaniyasi uchuvchilari O‘zbekiston havo yo‘llari A320 samolyoti Full-flight-simulyatorida trenajyor tayyorgarligini o‘tmoqda. Bu haqda MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.
MAK o‘quv-mashg‘ulot markazi direktori G.Gelovaniga ko‘ra, trenajyordagi tayyorgarlikni qozoq yo‘riqchilari o‘tkazmoqda.
Hozirda O‘zbekiston havo yo‘llari ixtiyorida zamonaviy trenajyorlar, Il-114-100, A320, Boeing 767 Full-flight-simulyatorlari bo‘lib, kelgusida ularda “YuTeyr”, SCAT va “Afg‘oniston havo yo‘llari” aviakompaniyasi uchuvchilari malakalarini oshirishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)