Osiyo Chempionatining saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etishi kerak bo‘lgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston U16 terma jamoasi Polshadagi turnirda qatnashishi haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, unda O‘zbekistondan tashqari Yevropaning yana 7 mamlakati o‘ynashi ko‘zda tutilgandi.
O‘FF matbuot xizmati Dilshod Nuraliyev jamoasini oldinda yana bir turnir kutib turgani haqida ma’lumot berdi. Polshadagi musobaqa 3-sentabr kuni yakuniga yetadi. Keyin jamoa 4-sentabr kuni start oladigan Qozog‘iston Prezidenti Kubogida ishtirokini boshlaydi va shu kuni Rossiya o‘smirlariga qarshi maydonga tushadi.
5-sentabr kuni O‘zbekiston U16 Tojikiston bilan bellashadi, yana ikki kundan so‘ng Qirg‘izistonni sinovdan o‘tkazadi. 8-sentabr kuni final va qolgan bellashuvlar o‘tishi ko‘zda tutilgan. Turnirda, shuningdek, Albaniya, Gruziya, Qozog‘iston va Turkmaniston termalari bo‘ladi.
Osiyo Chempionatining saralash turniri 16—24-sentabr kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)