Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finaliga qadar yetib kelgan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Skolari boshchilik qilayotgan “Guanjou Evergrand” klubi ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 4:0.
Shanxayliklar turnirni pley-off bosqichidan boshlab muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda. Villash-Boash shogirdlarida endi yarim finalga yo‘l olish uchun yaxshi imkoniyat bor. “Guanjou Evergrand” esa Chempionlar Ligasida bunga qadar ikki bor g‘olib chiqqan klub hisoblanadi. Shularning birida guanjouliklar Marchello Lippi bilan, ikkinchisida esa aynan Skolari bilan muvaffaqiyat qozongandi.
Chempionlar Ligasi o‘yinida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘liq harakat qildi. Mehmonlarga esa “Barselona”ga sotib yuborilgan Paulinyo yordam bera olmadi. Javob o‘yini 12-sentabr kuni Guanjouda bo‘lib o‘tadi.
Xitoy Super Ligasida mana shu ikki klub chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Bunda “Shanxay SIPG” raqibidan 8 ochko kamroq to‘plab, 2-o‘rinni egallab turibdi.
Osiyo Chempionlar Ligasi Chorak final 22-avgust, seshanba
“Shanxay SIPG” — “Guanjou Evergrand” 4:0
Gollar: Xalk, 39-pen (1:0). Vang Shenchao, 45+1 (2:0). Vu Lei, 62 (3:0). Vu Lei, 65 (4:0).“Al-Ayn” (BAA) — “Al-Hilol” (Saudiya) 0:0 “Persepolis” (Eron) — “Al-Ahli” (Saudiya) 2:2
23-avgust, chorshanba“Kavasaki Frontale” (Yaponiya) — “Urava Red” (Yaponiya)
Izoh (0)