Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o‘ynash uchun pley-offda ishtirok etayotgan 10 ta klub bugun o‘zaro maydonga tushadi.
Neapolning “Napoli” klubi “Nitssa”ga qarshi birinchi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Mario Balotelli jamoadoshlari bugun vaziyatni o‘nglay olmasa, A seriya klubi guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. Shuningdek, Istanbuldan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib kelgan Ispaniyaning “Sevilya” klubi ham bir oyog‘i bilan guruh bosqichida deyish mumkin.
Chempionlar Ligasi Pley-off raundi 22-avgust, seshanba
“Astana” (Qozog‘iston) — “Seltik” (Shotlandiya)Birinchi uchrashuv: 0:5
“Maribor” (Sloveniya) — “Xapoel B-Sh” (Isroil)Birinchi uchrashuv: 1:2
“Riyeka” (Xorvatiya) — “Olimpiakos” (Gretsiya)Birinchi uchrashuv: 1:2
“Nitssa” (Fransiya) — “Napoli” (Italiya)Birinchi uchrashuv: 0:2
“Sevilya” (Ispaniya) — “Istanbul BB” (Turkiya)Birinchi uchrashuv: 2:1