Ispaniyaning Barselona provinsiyasida joylashgan Subirats aholi yashash punktida politsiya xudkush kamari taqib olgan erkakni otib o‘ldirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea Subirats yaqinidan o‘tadigan 243-shossening 16-kilometrida terrorchini aniqlagan. Hududda Barselona va Kambrilsdagi teraktlar doirasida tekshiruv o‘tkazilayotgan edi. Kelib chiqqan otishmada terrorchi o‘ldirildi.
Pais nashri erkak Barselonadagi terakt ijrochisiga o‘xshashligini bildirmoqda.
Voqeaning tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)