Suriyaning Damashq shahrida o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmaning terrorchilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Damashqning chetidagi Sharqiy Guta tumanida ro‘y berdi.
Damashqdagi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi olti yillik tanaffusdan so‘ng birinchi marta o‘tkazilishi. Unda 43 mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. 20 mamlakat tijoriy tashkilotlar darajasida, 23 mamlakat elchixonalar darajasida taqdim etilgan.
Izoh (0)