AQShning Oregon shtati Madras shahri yaqiniga 19-avgust kuni kichik samolyot qulab tushishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Oregonian gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, modeli oshkor qilinmayotgan havo kemasi shahar aeroporti yaqinida halokatga uchragan. Bortda uchuvchi va yo‘lovchi bo‘lgan, ularning ikkalasi ham halok bo‘lgan. Samolyot o‘rmonli hududga qulagan, natijada u yerda yong‘in yuzaga kelgan, keyinroq u o‘chirilgan.
Nashr ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda Madrasga bo‘lg‘usi quyosh tutilishini tomosha qilish uchun sayyohlar kelmoqda. Ularning ba’zilari kichik xususiy samolyotlarda yetib kelmoqda.
Izoh (0)