So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Texnologiyalar

    Dunyoning eng texnologik 25 ta shahri

    20.08.2017, 11:26 43724

    Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining baho berishicha, 35 yildan kamroq vaqtdan so‘ng sayyora aholisining uchdan ikki qismi shaharlarda yashaydi. Bu yana 2,5 milliard kishi demakdir. Texnologiya yuqori bo‘lgan hamda ularni mukammallashtirish va rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratuvchi shaharlarda hayot ham eng a’lo darajada bo‘ladi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Qaysi shaharlar eng gullab-yashnagan bo‘lishini aniqlash uchun Business Insider nashri 2thinknow tadqiqot kompaniyasiga dunyoning eng yuqori texnologik shaharlari reytingini tuzishni topshirdi. Kompaniya aholi jon boshiga berilgan patentlar, startaplar soni, venchur kapitalistlar miqdori, innovatsiyaning boshqa reytinglaridagi o‘rni, smartfonlardan foydalanish darajasi kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olib dunyoning eng yuqori texnologik shaharlari reytingini tuzdi.

    Yer sayyorasining kelajagi qanday bo‘lishini bilishni istasangiz, quyidagi shaharlarga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz, deb yozadi InsiderPro.

    1. Vashington, Kolumbiya okrugi

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Oxirgi 10 yil ichida AQSh poytaxti yuqori texnologiyalar sohasi jadallik bilan rivojlandi va ushbu sohadagi ish o‘rni miqdori 50 foizga oshdi.

    Bundan tashqari, Kolumbiya okrugida mingdan ortiq startap joylashgan. Federal hukumatga yaqinlik va chuqur hamyonli venchur jamg‘armalarga yaqinlik dunyoni o‘zgartirishni istayotgan ko‘plab tadbirkorlarni jalb etadi.

    1. Barselona, Ispaniya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Kataloniya poytaxti sanoat dizaynerlari sonining oshishi va smartfonlardan foydalanishning yuqori darajasi tufayli reytingda balandroqqa ko‘tarildi va 25 talikka kirdi.

    Mobil muhit shunchalik rivojlanganki, butun shahar bo‘ylab o‘rnatilgan elektroshkaflardagi kompyuterlar yordamida shovqin darajasi, tiqilinchlar, hatto oxirgi vaqtda Barselonada qancha selfi olinganligi haqida bilib olish mumkin.

    1. Kopengagen, Daniya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Kopengagenda startap va venchur kapitalistlari unchalik ko‘p emas, biroq u yerda shahar muhitini rejalashtirishga innovatsion yondashuv hukmron, shningdek, sanoat dizaynerlari ham ko‘p.

    Kopengagen 2025-yilga kelib uglevodorod yoqilg‘isidan voz kechib, asosan shamol energiyasiga o‘tishni rejalashtirmoqda. Rivojlangan velosiped infratuzilmasi va ko‘plab arxitektura firmalari Kopengagenni nafaqat ekologik, balki chiroyli shaharga aylantirgan.

    1. Gonkong, Xitoy

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Gonkongni kelajak shahriga aylantirgan biror-bir asosiy omilni ajratib ko‘rsatish qiyin — u deyarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori baholarni olgan.

    Shahar tadqiqotlar va innovatsiyalarga ulkan mablag‘lar ajratadi, u yerdagi internet tezligi Xitoydagi eng yuqori tezliklardan biri. Eksport qilinadigan yuqori texnologik tovarlar qiymati 243 milliard dollarga baholanadi, bu esa butun Gonkong eksportining 51 foizidir.

    1. Berlin, Germaniya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Berlin ko‘p sonli startaplar, shuningdek, venchur investitsiyalari bilan diqqatga sazovor. Bundan tashqari, Berlin Yevropaning asosiy avtomobil sanoati markazlaridan biri hisoblanadi. U barcha eng yirik avtomobil brendlari joylashgan dunyoning yagona shahridir.
    1. Shenchjen, Xitoy

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Xitoy janubidagi aholisi 11 millionlik Shenchjen shahrida eng ko‘p miqdordagi patentlar ro‘yxatga olingan.

    Xitoy eng kuchli texnologik davlat bo‘lishga intilmoqda, oxirgi bir necha yil davomida Shenchjen robototexnika rivojlanayotgan sanoat markaziga aylandi. Telekommunikatsiya va elektronika sohasida ishlovchi ko‘p sonli korporatsiyalarning shtab-kvartiralari aynan shu yerda joylashgan.

    1. Bangalor, Hindiston

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Bangalor o‘tgan yil bilan taqqoslaganda reytingning 49-o‘rnidan 19-o‘rniga ko‘tarilgan. Bunday muvaffaqiyat uchun Bangalor shaharni to‘ldirgan IT-kompaniyalar oqimi va dasturchilarning ulkan miqdoridan minnatdor bo‘lishi lozim. Hindiston aholisining yarmi 25 dan yosh va ulardan ko‘pchiligi rivojlanayotgan texnologik sektorda faoliyat ko‘rsatadi.
    1. Monreal, Kanada

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Agar sanoat dizayni yoki dasturlash sohasida karyera qilishni istasangiz Monrealga ko‘chib o‘tish haqida o‘ylab ko‘ring. Agar sizni tashuvchi texnologiya (yoki virtual reallik) qiziqtirsa, ish uchun bundan yaxshiroq joy topa olmaysiz.

    VR-garnitura ishlab chiqaruvchi Vrvana kompaniyasi shtab-kvartirasi, shuningdek, sohibining biometrik ko‘rsatkichini o‘lchovchi kiyim ishlab chiqaruvchi Hexoskin va OMSignal kompaniyalari Monrealda joylashgan.

    1. Shanxay, Xitoy

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Shanxay Kremniy vodiysiga o‘xshash Zhangjiang Hi-Tech Park’ka ega. Bu texnoparklarda 100 mingdan ortiq odam ishlovchi minglab texnologik kompaniyalar joylashgan.

    Xitoyning boshqa yuqori texnologik shaharlari kabi Shanxay ham ko‘p sonli patentlari va venchur investitsiyalari hajmi bilan ajralib turadi.

    1. Pekin, Xitoy

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Pekinda startaplar madaniyati unchalik rivojlanmagan bo‘lsa-da, Xitoy poytaxti smartfonlardan foydalanish darajasi va aholi jon boshiga patentlar soni yuqoriligi bilan mashhur. Qolaversa, oxirgi yillarda shahar anchagina venchur kapitallarini jalb qila boshladi.

    2016-yil reytingi bilan taqqoslaganda Pekin 15 ta o‘ringa ko‘tarildi.

    1. Amsterdam, Niderlandiya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Moliyaviy texnologiyalar, energiya samaradorligi va startaplarni o‘ziga jalb qiluvchi muhit Amsterdamni Yevropaning eng muhim texnologik markzlaridan biriga aylantirdi.

    Aprel oyida shahar rasmiylari 2025-yilga kelib benzin va dizelda harakatlanuvchi avtomobillar to‘liq taqiqlanishi va elektrokarlar bilan almashtirilishini e’lon qildi.

    1. Vankuver, Kanada

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    2014-yilda CBC telekanali Vankuverni Shimoliy kremniy vodiysi deb e’lon qildi. Bunga shahar qaror topgan startaplar madaniyati sabab bo‘ldi.

    Umumiy daromadi 2 milliard dollardan oshuvchi 600 dan ortiq raqamli mediakompaniyalar Vankuverda joylashgan. Texnik universitetlar va past korporativ soliqlar Vankuverga bo‘lajak muhandislar bilan bir qatorda yuqori malakali menejerlarni o‘ziha jalb qiladi.

    1. Stokgolm, Shvetsiya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Kelgusi besh yil ichida Stokgolm naqd pullardan va uglevodorod yoqilg‘isidan butunlay qutulishni rejalashtirmoqda. Bu Shvetsiya poytaxtini raqamli va ekologik inqilob flagmaniga aylantiradi.

    Stokgolm milliardlab dollar kapitalizatsiyaga ega startaplar soni bo‘yicha Yevropaning yetakchi shahri hisoblanadi. Venchur investitsiyalarni jalb etish o‘sish sur’atlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

    1. Tokio, Yaponiya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Dunyoning eng yirik shahri shahar, ayniqsa, transport infratuzilmasining buyuk natijalari bo‘lmaganda bunchalik darajaga erishmas edi. Tokio metrosi har yili 2,3 milliard yo‘lovchini manzilga yetkazadi.

    Tokio katta miqdordagi venchur kapitallarini jalb etadi, bundan tashqari, Yaponiya poytaxtida ko‘plab texnologik gigantlarning shtab-kvartiralari joylashgan.

    1. Dallas, Texas shtati, AQSh

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Oxirgi bir necha yil ichida Dallas startaplarning dunyoviy markazlaridan biri degan nomga erishdi.

    Venchur kapitalistlari sonining oshishi va shahar hududida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish tufayli shahar 2016-yilgi 28-o‘rnidan 11-o‘ringa ko‘tarildi.

    1. Chikago, Illinoys shtati, AQSh

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot Illinoys shtati yuqori texnologiyalar sohasida ish topish uchun AQShning eng yaxshi beshta joyidan biri ekanligini ko‘rsatdi. Bunday ish o‘rinlarining katta qismi Shamollar shahrida joylashgan.

    Bruking instituti ham Chikagoni urbanistik innoatsiyalar sohasidagi flagmanlardan biri deb topdi. Bu asosan CityWorks loyihasi bilan bog‘liq. Uning maqsadi energiya ta’minoti va transport tizimini tashkil etishni yaxshilashdan iboratdir.

    1. Toronto, Kanada

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Toronto Cisko kabi innovatsion markazlari bilan mashhur. Ontario ko‘li sohilidagi shaharda Kanada IT-kompaniyalarining 30 foizi joylashgan, ularning aksariyatida 50 nafardan kam xodim ishlaydi. Bu yosh firmalar keyingi o‘n yillikda yuqori texnologiyalar kelajagini belgilaydi.

    Shahar firmalarining birgalikdagi yillik daromadi 52 milliard dollarga yaqin.

    1. Singapur

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Singapur ko‘p sonli dasturchilar va venchur kapitalistlari yashash joyidir. Shahar-davlat muntazam yangi infratuzilma yechimlarini joriy qilib, yuqori texnologik osmono‘par binolarni qurmoqda.

    Singapur Massachusets texnologik instituti bilan hamkorlikda xususiy avtomobillar uchun emas, metro va yengil relsli transport uchun mo‘ljallangan aqlli transport tizimini barpo etishni rejalashtirmoqda.

    1. Boston, Massachusets shtati, AQSh

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Oxirgi yillarda Garvard, MTI, Tafts va Shimoli-Sharqiy universitet kabi Boston universitetlari asosan biotexnologiya va robototexnika sohasida ko‘p sonli g‘ariyib kashfiyotlarni amalga oshirdi.

    Shaharda joylashgan bir nechta venchur jamg‘armalari (Battery Ventures, Atlas Venture, Bessemer Venture Partners, Matrix Venture Partners) innovatsion laboratoriyalar va universitet startaplarini pul bilan ta’minlaydi. Facebook va Amazon kabi yirik kompaniyalar Bostonda tadqiqotlar va ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi ofislarini ochgan.

    1. Seul, Janubiy Koreya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Seul haqli ravishda kelajak shahri deb ataladi. Shahar infratuzilmasi to‘liq innovatsion, Seul metrosi esa ehtimol Nyu-York metro tizimidan ham oldinda.

    Seulda dunyo bo‘yicha eng ko‘p patentlar soni ro‘yxatdan o‘tkazilgan. U yerda butun dunyoga tarqalgan texnologiyalar  — misol uchun, smartfonlar uchun LTE, shuningdek, hozircha boshqa hech qayerda yo‘q innovatsiyalar, jumladan, sizga yoqqan tovarlarni pochta orqali yetkazishlari uchun QR-kodini skanerlash zarur bo‘lgan virtual do‘konlar yaratilmoqda.

    1. Taybey, Tayvan

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Taybey sanoat dizayni bo‘yicha dunyoviy yetakchi hisoblanadi. Bu birinchilik uzoq yillardan beri Tayvan poytaxtiga tegishli — Taybeyda dasturiy ta’minot ishlab chiqarishdan ko‘ra kompyuter qurilmalarini ishlab chiqarishga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Asus, MSI, Gigabyte va Acer kabi kompyuter gigantlari hozirga qadar Taybeyni o‘z uyi deb ataydi.

    2thinknow ma’lumotlariga ko‘ra, Taybeyda ko‘p sonli venchur kapitalistlari istiqomat qiladi.

    1. Los-Anjeles, Kaliforniya shtati, AQSh

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Los-Anjeles nafaqat Gollivud tufayli gullab-yashnamoqda. 2014-yilda Los-Anjeles okrugi Iqtisodiy taraqqiyot korporatsiyasi tomonidan chop etilgan hisobotda Los-Anjelesda yuqori texnologiyalar sohasida AQShning boshqa hududida qayd etilmagan darajada ko‘p ish o‘rinlari qayd etilganligi ta’kidlanadi. Unda, shuningdek, mahalliy kompaniyalarning umumiy daromadi 58 milliard dollarga yaqinligi ma’lum qilingan. Los-Anjelesdagi texnologik taraqqiyot asosan startaplar muvaffaqiyati va venchur kapitallari oqimi bilan bog‘liq.
    1. London, Buyuk Britaniya

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    O‘tgan yili Crossrail loyihasi ishga tushgandan keyin butun dunyo London transport tizimi mukammalligidan hayratga tushmoqda. 2018-yilda o‘nta yangi tarmoq 30 ta mavjud metro stansiyalarini butunlay yangi tonnellar orqali tutashtiradi. Crossrail loyihasi qiymati 20 milliard dollarni tashkil etib, bu Yevropadagi eng yirik qurilish loyihasidir.

    Dunyoning hech qayerida Londondagi kabi ko‘p sonli startaplar va dasturchilar yo‘q. Ba’zi baholashlarga ko‘ra, Londonda IT-vakansiyalar soni Kaliforniyadagidan ko‘ra ko‘proq.

    Kelayotgan o‘n yillikda Londonda yuqori texnologiyalar sohasida 11 ming yangi ish o‘rni paydo bo‘lishi haqidagi taxminiy fikrlar mavjud.

    1. Nyu-York, Nyu-York shtati, AQSh

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Nyu-York — bu alohida hikoya. Bir tomondan uning infratuzilmasi juda eskirgan, ikkinchi tomondan u o‘ta taraqqiyparvar.

    2013-yilning uchinchi choragida Nyu-Yorkda 100 mingdan ortiq ish o‘rnini ta’minlovchi 7 mingga yaqin yuqori texnologik kompaniya mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari, Nyu-Yorkda LinkNYC — Manxettenning 500 dan ortiq nuqtasida umumiy foydalanishdagi tekin Wi-Fi ishga tushirilgan. Ko‘pchilik ekspertlar bu hali boshlanishi ekanligini taxmin qilmoqda.

    1. San-Fransisko, Kaliforniya shtati, AQSh

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Dunyoning har bir yuqori texnologik shahri o‘z mamlakatining Kremniy vodiysi nomini qo‘lga kiritish uchun nomzodlik qiladi. Birgina shuning o‘zi haqiqiy Kremniy vodiysi yuqori texnologiyalar sohasida oltin me’yor bo‘lib xizmat qilishidan guvohlik beradi.

    San-Fransisko, shubhasiz, barcha texnologik tashabbuslar: ko‘p sonli startaplar, ulkan hajmdagi venchur investitsiyalar, ko‘plab dizaynerlar va dasturchilarning markazidir.

    Kremniy vodiysi deyarli barcha o‘lchovlar bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Uning raqobatchilari yetakchilik haqida faqat orzu qilishi mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl

    Bugun, 01:12

    Emomali Rahmon Yevropada Qur’on yoqilishiga munosabat bildirdi

    Kecha, 23:55

    Qozog‘iston butun Markaziy Osiyoni o‘simlik yog‘i bilan ta’minlamoqchi

    Kecha, 23:40

    Afg‘onistonda 12 yashar qiz ov miltig‘ida otib o‘ldirildi

    Kecha, 23:25

    Xanchjou—2022. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Gongkongni mag‘lub etdi, stol tennisida esa imkoniyat boy berildi

    Kecha, 23:24

    Qirg‘izistonda transport bekatlari internet va konditsioner bilan jihozlanadi

    Kecha, 23:10

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    Kecha, 22:50

    Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib berishdan tushgan daromadni oshirdi

    Kecha, 22:36

    “Falastinliklar Arab-Isroil kelishuvlariga veto qo‘ymasligi kerak” — Netanyaxu

    Kecha, 22:22

    Rossiya mudofaa xarajatlarini mislsiz darajada oshirmoqchi: Bloomberg summani ochiqladi

    Kecha, 21:16

    Tavsiya etamiz

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chustdagi bolalar zaharlanishi bo‘yicha Bosh prokuratura jamoatchilikdan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi 

    01:00 / 22.09.2023

    Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

    13:00 / 22.09.2023

    Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)

    13:00 / 22.09.2023

    Shavkat Mirziyoyev Chustdagi bolalar zaharlanishi holatiga munosabat bildirdi

    19:00 / 22.09.2023

    Nafaqat go‘zalligi, balki iste’dodi bilan ham tomoshabinlarning qalbidan joy olgan turk aktrisalari (foto)

    09:00 / 22.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?