Bangladesh tashqi ishlar vaziri Shahriyor Alam boshchiligidagi delegatsiya 18-avgust kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bangladesh delegatsiyasining besh kunlik tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklari, Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Shahriyor Alam va delegatsiya a’zolari Samarqand, Buxoro shaharlarini ziyorat qiladi, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.
Izoh (0)