Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Koreya yarim orolidagi har qanday jangovar harakatlar KXDR atrofidagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga intiladigan Seul tasdig‘idan o‘tmasdan turib amalga oshishi mumkin emasligiga ishonchi komil. Bunday bayonot bilan davlat rahbari Koreyaning 1945-yilda yapon istilosidan ozod bo‘lgan sanaga bag‘ishlangan tadbirda chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Seul har qanday yo‘l bilan urushning oldini olishga intilmoqda. Koreya yarim orolidagi jangovar harakatlar Koreya Respublikasi tomonidan rozilik berilmagunicha, boshlanmaydi”, — dedi prezident.

Mun Chje In o‘z nutqida KXDR atrofidagi inqirozdan tinch yo‘l bilan chiqish uchun bor imkoniyatni ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, KXDR raketa uchirishni va yadro sinovlarini o‘tkazishni bas qilsa, u bilan muzokaralar olib borish uchun sharoit yuzaga keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi