Edinburg universiteti olimlari Antarktida muzlari ostida 91 ta vulqon aniqladi. Bu sayyoradagi eng yirik vulqon kamari bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Vulqonlarning balandligi 100 metrdan 3,85 ming metrgacha bo‘lib, materikning g‘arbiy chetida joylashgan. Ular 2 kilometrlik muz qavati bilan qoplangan.
Olimlar o‘z tadqiqotlarida samolyotlar va yer usti transportida mustahkamlangan radarlardan foydalandi. To‘plangan ma’lumotlar fazodan olingan fotosuratlar bilan taqqoslandi.
Tadqiqotchilar Ross muzligi ostida ham vulqonlar borligini taxmin qilmoqda. Agar bu tasdiqlansa, mintaqada dunyoda eng ko‘p vulqon joylashgani isbotini topadi.
Izoh (0)