Isroilda sayyoraning eng keksa insoni — Israel Kristal 113 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kristal Polshada tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida u xolokost dahshatlarini boshidan kechirgan: oilasi bilan birga u bir necha konslagerda yashagan. Lodzin gettosida uning ikki farzandi, Osvensimda esa rafiqasi halok bo‘ldi.
1950-yili Kristal Isroilga ko‘chib o‘tdi va umrining oxirini Xayfa shahrida o‘tkazdi.
Izoh (0)