Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev o‘z arizasiga ko‘ra partiya rahbarligidan ketgani haqida ma’lum qilgandi.
Uzbekistan 24 nashrining xabar berishicha, Sodiqjon Turdiyev Andijon viloyatining Jalaquduq tumaniga rahbar etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, sobiq partiya rahbari respublika fermerlar kengashi rahbarligidan ham ketgan edi.
Izoh (0)