Qirg‘izistonning Xitoy bilan chegaradosh hududida 3-avgust, payshanba kuni 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Fanlar akademiyasining Seysmologiya institutiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 06:15 da sodir bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, yer silkinishining epimarkazida magnituda 4,8 ni tashkil etgan.
Zilzila o‘chog‘i Irkeshtom aholi puntidan 4 kilometr shimoli-sharqda hamda Nura qishlog‘idan 12 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.
Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. “Biroq ushbu ma’lumot ayni vaqtda aniqlashtirilmoqda”, — deydi idora vakillari.
Joriy yilning bahorida mazkur hududda sodir bo‘lgan 6 balli zilzila oqibatida yuzdan ortiq bir qavatli aholi uylariga zarar yetgan edi, oqibatda yuzlab odamlar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.
Izoh (0)