Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limini tasdiqlamadi. Bu haqda “Interfaks” ma’lum qildi.
“Yo‘q, bu borada menda OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotlardan boshqa axborot yo‘q”, — dedi Narishkin agentlikning shu haqdagi savoliga javoban.
Rossiya mudofaa vazirligi 16-iyun kuni Suriyada may oyi oxirida aviazarba natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy va guruhning 300 nafar jangarisi o‘ldirilganini e’lon qilgandi. Keyinchalik Rossiyaning turli rasmiy shaxslari al-Bag‘dodiy o‘limi hozircha tasdiqlanmaganligini bildirdi.
Pentagon rahbari Jeyms Mettis ham AQShda IShID yetakchisi halok bo‘lganini isbotlovchi dalillar mavjud emasligini ma’lum qilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)