Qora dengizning Qrim yaqinidagi neytral hududida halokatga uchragan Anda kemasi ekipajining oxirgi, to‘qqizinchi a’zsini qidirish ishlari to‘xtatildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Operatsiya 31-iyul, dushanba kuni Moskva vaqti bilan soat 20:15 da qutqarish umidi qolmaganidan so‘ng to‘xtatildi”, — deya ma’lum qildi Sevastopol dengiz qutqarish markazi vakillari.
Ekipaji tarkibida Suriyaning 6, Hindistonning 3 nafar fuqarosi bo‘lgan Togo bayrog‘i ostidagi kema 29-iyul kuni tongda, Qrim yarim orolidan taxminan 40 kilometr uzoqda po‘rtana oqibatida halokatga uchradi.
8 kishi, jumladan, kema kapitani qutqarildi. Dengizchilar Yaltadagi kasalxonadan chiqarildi va mehmonxonaga joylashtirildi.
Izoh (0)