Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finalidan joy olgan “Bunyodkor” va “Dinamo” klublari o‘rtasidagi ikki o‘yindan birinchisi Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
90 daqiqa davomida har ikki klub futbolchilariga ham gol urish nasib qilmadi va o‘yin 0:0 hisobida o‘z yakuniga yetdi. Final yo‘llanmasi kimga nasib qilishi endi tomonlarning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida ma’lum bo‘ladi.
“Bunyodkor” chempionatning 6-turida ham “Dinamo” bilan Toshkentda durang o‘ynagandi — 1:1. O‘shanda jamoaga Sergey Lushchan ustozlik qilgan. Endilikda “qaldirg‘ochlar” Mirjalol Qosimov boshqaruvida ham Oliy liga debyutantini yenga olmadi.
Yarim finaldan joy olgan ikkinchi o‘yin “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari o‘rtasida 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston kubogi Yarim final 31-iyul, dushanba
Izoh (0)