Turkiya yig‘inida bo‘lgan Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi o‘zining so‘nggi nazorat o‘yinida ham mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bellashuv Turkiya Superligasidan keyingi o‘rinda turuvchi 1-liganing “Istanbulspor” klubiga qarshi o‘tdi. O‘yindagi yagona gol Ibrohim Yilmaz tomonidan penaltidan urilgan. Uning qaysi daqiqada sodir bo‘lgani va penaltiga kim sababchi ekani borasida aniq ma’lumotlar berilmagan.
“Paxtakor” bunga qadar Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubidan 0:3 hisobida yengilgandi.
O‘rtoqlik o‘yini Izmit, Turkiya 30-iyul, yakshanba
Izoh (0)