Bir kunda necha finjon qahva ichish mumkin? “Argumenti i fakti” o‘quvchisining bu savoliga parhezshunos-shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Gavrilov javob berdi.
Kofein asab tizimini qo‘zg‘aydi, bu esa moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Organizm ko‘p miqdordagi kislorodga muhtoj, o‘z navbatida, bu yurak faoliyati stimulyatsiyasiga olib keladi. O‘z-o‘zidan, yurak mushaklariga bosim kuchayadi. Biroq qahva barcha odamlarga ham shunday ta’sir ko‘rsatmaydi. Tanangiz kofeinni qanday qabul qilishi irsiyat, yurak-qontomir patologiyalari va boshqa omillarga bog‘liq. O‘rtacha olganda, sog‘lom inson kuniga ikki kichik finjonda qahva iste’mol qilishi mumkin. Agar oshqozonda muammolar bo‘lsa, nahorga va och qoringa qahva ichmaslik lozim. Mazkur ichimlik kislota hosil qiladi, bu esa tegishli kasalliklarni qo‘zg‘aydi.Mixail Gavrilov, parhezshunos-shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi
Izoh (0)