• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Millionerlar safiga qo‘shilishning 11 usuli

    Millionerlar klubiga qo‘shilish uchun lotereyaning baxtli chiptasi shart emas. Daromadlaringizni qanday taqsimlashingiz qancha pul topishingizdan ham muhimroq. InsiderPro orzu qilishdan charchagan va boyib ketish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishga tayyor kishilar uchun 11 ta tavsiyani keltiradi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro
    1. Daromadingizni oshiring
    Foyda faqat katta biznesdan keladi degan fikr noto‘g‘ri. “Daromadingiz va xarajatingiz o‘rtasidagi farqni oshira borib, istalgan kompaniya kabi foyda olishingiz mumkin. Shundan so‘ng yig‘ilgan mablag‘ni uzoq muddatli moliyaviy maqsadlar uchun yo‘naltirish mumkin”, — deydi MoneyBoss moliyaviy blogi muallifi Jey Di Rot.

    Rotning g‘oyasi bo‘yicha, yorqin moliyaviy kelajak uchun joriy xarajatlarni jiddiy cheklashga to‘g‘ri keladi. Er-xotinning ikkisi ham ishlaydigan oilalarda bitta maoshga yashab, ikkinchisini yig‘ish va investitsiya kiritish uchun foydalanish mumkin.

    1. 10 milliondan boshlang
    “10 milliondan boshlang” — bu idrokni chalg‘ituvchi hazil. Kishilar puch xayollarga berilib, investitsiya kiritishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ularga yo‘l qo‘ymaslikning eng yaxshi usuli — bu reja tuzish va unga amal qilish.

    Tinimsiz ravishda pozitsiyalar ochish va yopishga shoshilmang. Ishonchli investitsiya rejasini yarating, unga investitsiya kiritishda erinchoqlik qilmang va vaqt o‘tishi bilan millionerga aylanishingiz mumkin. Vanguard Research ma’lumotlariga ko‘ra, xarid qilib sotib yuboradiganlarga qaraganda xarid qilib, chetga olib qo‘yadiganlar ko‘proq daromad qiladi.

    1. O‘z ishtiyoqingizni biznes-g‘oyaga aylantiring
    Birgina qiziqish bilan uzoqqa borish qiyin. Oz vaqt ichida omadga erishishning universal sirlari ham yo‘q. “Nima sizga chin dildan yoqishini aniqlab oling, unda eng yaxshisiga aylaning va bundan daromad qiling. Siz nafaqat boy, balki baxtli insonga aylanasiz”, — deydi moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchi Jozef Karbon.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Bunga Chipotle restorani tarixini misol keltirish mumkin. 1983-yilda oshpazlik maktabini tugatgan bo‘lajak tadbirkor Stiv Ellsda o‘z ishini ochish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Hashamatli restoran ochish uchun mablag‘i yetarli bo‘lmagan Stiv otasidan biroz qarz olib, kichkina qahvaxona formatidagi birinchi Chipotle’ni ochdi. Birinchi oy davomida mingta burrito sotdi: shu yo‘l bilan uning orzusi Meksika oshxonasi restoranlari tarmog‘i Chipotle Mexican Grill’ga asos solindi.

    1. Hoziroq boshlang
    Boylik ba’zan matematika hisob-kitobidir. Biroq qancha mablag‘ni qanday muddatga va qaysi jamg‘armalarga qo‘yishga tayyor ekanligingiz ham muhim.

    Hammasini oddiy kalkulyator yordamida hisoblab chiqish mumkin. Deylik, siz bunga 25 yoshingizda kirishdingiz, u holda millionlaringizni 61 yoshda ishlab topasiz. Kechroq boshlasangiz, ko‘proq tejash va ko‘proq investitsiya kiritishingizga to‘g‘ri keladi.

    1. Sabrli bo‘ling
    Boylikka qaysi yo‘l bilan ketayotganingizdan qat’iy nazar buning uchun vaqt talab qilinadi. Biznesni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish — uzoq va serhafsala jarayon. Matematika nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, moliyaviy siljish aynan keyingi yillar yuz beradi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    “Birinchi million keyingisiga qaraganda ko‘proq vaqt talab qiladi”, — deydi moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis, Simone Zajac Wealth Management Group hamkori va Finance and Flips Flops blogi asoschisi Daniel Zajak.

    1. Ko‘chmas mulkka investitsiya kiriting
    Ko‘chmas mulkka mablag‘ kiritish — boylik tomon ishonchli yo‘l. Bu maqsadda dastlab yashash qiymati pastroq hududlarni tanlagan ma’qul.

    Afford Anything moliyaviy blogi muallifi Paula Pant ko‘chmas mulk portfellarini xarid qilish ortidan daromad qiladi. U daromadli ko‘chmas mulk uchun birinchi to‘lov to‘lash uchun yetarli mablag‘ to‘plashni maslahat beradi. Bu to‘lovdan so‘ng bank hisobingizda ham mablag‘ qolishini anglatadi.

    Vaqt o‘tishi bilan ipoteka to‘liq to‘lanadi va siz uning to‘la huquqli egasiga aylanasiz. Pant buni bitta uydan boshlash va millionlar cho‘ntagingizdan joy olgunga qadar sxemani yana takrorlashni tavsiya etadi.

    1. Hayot tarzingizni o‘zgartiring
    “Qo‘shnim millioner” bestselleri mualliflari Tomas J. Stenli va Uilyam D. Danko kishilar qanday qilib boy bo‘lganligini o‘rgandi va bu tadqiqot natijalari kishini hayratga soladi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    “Qimmatbaho uylarda yashovchilar va hashamatli avtomobillar haydovchilar aslida unchalik badavlat emas. Biz ko‘plab g‘alati holatlarni aniqladik: masalan, ko‘pchilik badavlat insonlar hatto nufuzli kvartallarda istiqomat qilmaydi ham”, — deb yozadi ular.

    Mualliflar yuqori maosh bu albatta yuqori daromadni anglatmasligini aniqladi. Aslida esa ko‘p pul topganlar kamroq sarflaydi, qolaversa, ular konservativ turmush o‘rtoq tanlaydi. Boy bo‘lishni istasangiz, ishlab topgan daromadingizni oxirgi tiyinigacha sarflamang, daromadingizdan ko‘p xarajat qilishga esa aslo yo‘l qo‘ymang.

    1. Boylikka bosqichma-bosqich erishing
    Birinchi millionni qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha daromad kerak. Taom va kvartiraga zo‘rg‘a yetkazsangiz, boyib ketish qiyin. Millioner bo‘lish uchun dohiy bo‘lish shart emas, intizomli, mehnatsevar va ijodiy inson bo‘lish yetarli.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Omadli tadbirkor va biznesmen Mark Kyuban 12 yoshidanoq daromadning turli manbalarini o‘zlashtira boshlagan. Yangi keda xarid qilish uchun chiqindi paketlarini sotgan, maktabda esa marka va tangalarni pullagan.

    Orzuga erishish uchun bo‘sh vaqtni qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Millionerlarga bu birinchi navbatda taalluqli.

    1. Ma’nosiz fikrlardan voz keching
    Boylik yuqoridagilardan tashqari fikrlash tarzidir ham. Shuning uchun ma’nosiz fikrlardan voz keching. Birinchi millionni ishlab topishingizni istasangiz, quyidagilarni hisobga oling:

    - Hech kim sizdan qazrdor emas.

    - Sovg‘alar kutmang.

    - Qarzga pul olmang. Biror buyumga pulingiz bo‘lmasa, demak u sizga kerak emas.

    - Chalg‘imang. Maqsadingiz boylik bo‘lsa, nima bo‘lishidan qat’iy nazar unga qarab intiling.

    - Ma’lumot olish kerakligini unutib qo‘ymang. Kerakli ko‘nikmalarni orttiring va o‘z ishingizning ustasiga aylaning.

    - Qo‘shimcha daromad manbalari bilan shug‘ullanishdan erinmang.

    - Boshqalarni ham unutib qo‘ymang. Ola turib, berishni ham biling.

    1. Biror narsa o‘ylab toping
    Ajoyib g‘oyalaringiz ko‘p bo‘lsa, ulardan eng yaxshisini tanlang va uning asosida o‘z biznesingizni quring. Bu mahsulot bo‘ladimi yoki xizmat — buning ahamiyati yo‘q, kishilar u uchun pul tikishga tayyor bo‘lishi yetarli.

    Beanie Babies yaratuvchisi Tay Uorner yumshoq o‘yinchoqlar imperiyasini barpo etdi. U o‘yinchoqlarni cheklangan seriyada chiqarib aqlli ish tutdi — bu ularning mashhurligi o‘sishiga olib keldi. Forbes uning aktivlari sof qiymatini 2,7 milliard dollarga baholaydi.

    1. Merosni aql bilan sarflang

      Foto: InsiderPro

      Foto: InsiderPro
    Kichikroq meros hech narsani o‘zgartirmaydigandek tuyulishi mumkin. Biroq ushbu mablag‘ni ham aql bilan taqsimlab yaxshigina daromad qilish mumkin. Annuities HQ hamasoschisi Mark Jonston-Rosh pullarni birdan sarflash fikri o‘ziga jalb qilishiga qaramasdan, ularni investitsiya kiritish uchun yo‘naltirish uzoqni ko‘zlab ish tutish ekanligini ta’kidlaydi.
    30.07.2017, 20:07   Izoh (0)   40990
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Norinda Namangan jurnalistlarining amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

    30.07.2017, 19:13

    Anvar Ikromov Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi raisi etib saylandi

    30.07.2017, 13:36

    Popda mahalladoshlarini Rossiyada fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi

    30.07.2017, 12:46

    Andijonda 2 kilogrammdan ortiq marixuana sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

    30.07.2017, 11:39

    Andijonda tashkil etilgan stol-stul posti o‘z kelinini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxsni aniqladi

    30.07.2017, 09:47

    Toshkentning Mirobod va Bektemir tumanlarida 40 ming va 200 ming so‘mlik fohishaxonalar aniqlandi

    29.07.2017, 23:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistondagi aviahalokatida halok bo‘lganlar soni 270 kishiga yetdi

    Dunyo | 16 iyun, 12:50

    “Bu shunchaki o‘yin emas”: Netflix “Kalmar o‘yini” uchinchi mavsumining yakuniy treylerini chiqardi

    Layfstayl | 16 iyun, 12:36

    “Ular faqat jarima yozish uchun ishlayapti” — prezident yo‘llardagi kameralar haqida gapirdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 12:27

    Eron oliy rahnamosi va oilasi bunkerda yashiringan — Iran International

    Dunyo | 16 iyun, 12:25

    O‘zbekistonda yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 12:21

    O‘zbekistondagi 15 ta tuman hokimi ishdan olinishi mumkin

    O‘zbekiston | 16 iyun, 12:12

    “Ko‘k choy” bilan tanilgan, “Setora”dagi Komilaga uylangan, o‘zbek estradasidagi eng “qimmat” DJ — Ilhom Yo‘lchiyev 49 yoshda

    Shou-biznes | 16 iyun, 12:11

    Rossiya harbiy asirlarni almashish doirasida yana 1200 nafar ukrainalikning jasadini qaytardi

    Dunyo | 16 iyun, 11:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.