Bokuda supermarketga kelgan xaridorni sovitish kamerasiga qamab qo‘yishdi, natijada u hushidan ketdi, deb yozadi “Vesti.ru”. Erkak huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
Hodisa Freshmart do‘konida yuz bergan. Supermarket ma’muri 37 yoshli mahalliy fuqaro — Feruz Qahramonov va uning o‘rtog‘i Navro‘z Sa’diyevni qimmatbaho ustarani o‘g‘irlaganlikda aybladi. Supermarket xodimi ulardan o‘marilgan buyum uchun 440 dollar to‘lashni talab qilgan, aks holda, qo‘riqchilar ularni jazolashini aytgan.
Sa’diyev uyga borib, pul olib kelishini, o‘rtog‘i ungacha do‘konda kutib turishini aytgan. Ammo bir necha soatdan so‘ng erkak talab etilayotgan mablag‘ni topa olmagani uchun, qaytib kelishdan bosh tortgan. Shunda ma’mur va qo‘riqchilar voqeaning ikkinchi ishtirokchisi — Qahramonovni kuch bilan sovitish kamerasiga kiritishgan. Shundan so‘ng uni chiqarib olishdi, ammo supermarketda kechasigacha ushlab turishda davom etishdi.
Izoh (0)