Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroil xavfsizlik xizmati Quddusdagi Ibodatxona tog‘iga chiqish joyiga kuzatuv kameralari o‘rnata boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “Yevreyskiy mir”

Foto: “Yevreyskiy mir”

Mahalliy televideniye orqali xabar qilinishicha, kameralar o‘rnatilishi 23-iyul ertalabki soatlarida boshlangan.

Ilgari xabar qilinganidek, o‘tgan hafta uch jangari Ibodatxona tog‘ida ikki politsiyachini o‘ldirib ketgani bu hududda xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Ibodatxona tog‘iga chiqish uchun metall aniqlovchi romlardan o‘tish talab etiladi. Bundan tashqari, elikka to‘lmagan musulmonlarga al-Aqsoda namoz o‘qish taqiqlandi.

Bu choralar mahalliy musulmonlar orasida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ular namoyishlar uyushtirmoqda, shuningdek, politsiya bilan to‘qnashuvlarga kirishmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari