Internetda tinglanishi bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatgan Despacito qo‘shig‘i Malayziya davlat radio va televideniyesida taqiqlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Puerto-Rikolik xonandalar Luis Fonsi va Deddi Yanki tomonidan kanadalik Jastin Biber bilan jo‘rlikda kuylangan qo‘shiq muqaddam internetda 4,6 milliard marta eshitilib, yangi rekord o‘rnatgan edi.
Malayziyada ushbu qo‘shiqning taqiqlanishiga sabab sifatida xitning matni “axloqsiz” ekanligi ko‘rsatildi.
Taqiq faqat davlat axborot kanallariga tegishli. U striming va xalqaro servislar, jumladan, YouTube’ga taalluqli emas.
Shunga qaramay, Malayziya rasmiylari xususiy radiostansiyalarini ham qo‘shiqni mustaqil ravishda senzuraga tortishga chaqirdi.
Izoh (0)