Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi nuqsonli Galaxy Note 7 smartfonlarini qayta tiklab bo‘lmaganidan so‘ng qayta ishlashga qaror qildi. “Korrespondent.net” axborotiga ko‘ra, kompaniya jarayon davomida 157 tonnagacha qimmatbaho metall, shu jumladan, oltin, kumush, mis va kobalt olishni rejalashtirmoqda.
Qayta ishlash jarayoni iyul oyining oxiriga qadar boshlanishi kutilmoqda.
Galaxy Note 7 uskunalarining bir qismi qayta tiklanib, yana sotuvga chiqarilgani ma’lum. Ammo smartfonlar cheklangan miqdorda sotilmoqda, bozordan esa o‘tgan yili 4,3 million gadjet chaqirib olingan edi.
Izoh (0)