AQSh Demokratik partiyasi a’zolari Kongress vakillar palatasiga Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur loyiha Senat 15-iyunda ovoz bergan hujjat bilan o‘xshash ekanligi bildirilmoqda.
Qayd etish joizki, oldinroq Oq uy rasmiy vakili o‘rinbosari Sara Sanders Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasining yangi varianti Vashington tashqi siyosatini amalga oshirishda xavf tug‘dirishi mumkin ekanligini ta’kidlagandi.
Qonun loyihasi prezident Barak Obama farmonlari asosida Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarning qonunchilik darajasida mustahkamlanishini ko‘zda tutadi.
AQSh siyosiy institutlariga kiberhujumlar uyushtirganlikda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar ham shu ro‘yxatga kiradi.
Izoh (0)