Parij metropolitenining 15 ta bekatini suv bosdi. Ulardan uchtasi hamon yopiqligicha qolmoqda. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtta bekat — Mober-Myutyualite, Volter, Ke-de-la-Rape va Repyublik yopiqligicha turibdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari metropolitenning noodatiy suratlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda “Rossiya24” kanaliga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
Bir soat davomida Fransiya poytaxtiga 49 millimetrli yomg‘ir yog‘ishi natijasida shahar qutqaruv xizmatiga toshqinlar bilan bog‘liq deyarli 2000 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Yomg‘ir to‘xtagani yo‘q. Shuning uchun Parijni boshqa shaharlar bilan bog‘lab turuvchi yo‘llarda harakatlanish qiyin kechmoqda.
https://www.instagram.com/p/BWXFUYbgHjQ/?taken-by=jmarct
Izoh (0)