Toshkentning Yunusobod tumanida uyida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan fuqaro ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“6-iyul kuni soat 13:30 da o‘tkazilgan ‘Kompleks’ tezkor tadbiri davomida fuqaro Suxix Denis Borisovich Yunusobod tumani, 4-mavze, 55-uy, 30-xonadonda fohishaxona saqlab, 30000 so‘m pul evaziga fuqaro ‘D’ va ‘I’larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)