Kabarda-Balkariya respublikasining Baksan tumanida yashovchi 127 yoshli Nanu Shaova mamlakatning eng keksa kishisi Rossiya rekordlar kitobiga sifatida kiritildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Konenko momoga buni tasdiqlovchi sertifaktni topshirdi. U 127 yoshni qarshilash dunyo miqyosida ham rekord ekanligini qayd etdi.
Nanu Shaovaga qadar Rossiyaning eng keksa kishisi maqomi 121 yoshli Astraxan viloyatida istiqomat qiluvchi Tanzila Bisembeyevaga tegishli edi.
Izoh (0)