3-iyul, dushanba kuni Moskvada yog‘gan kuchli yomg‘ir poytaxt ko‘chalarida yangi noqulayliklarni keltirib chiqardi. Tabiiy ofat tufayli yo‘llarning ko‘plab qismlari suv ostida qoldi va hatto katta trassalarda ham suvning ko‘pligi sabab avtomobillarning tezligi sezilarli darajada pasaydi.
FVV rahbari Vladimir Puchkovning aytishicha, iyul oyida rossiyaliklarni haroratning keskin pasayishi, kuchli shamol, yog‘ingarchilik kabi tabiiy ofatlar kutmoqda. “Gazeta.ru” ijtimoiy tarmoqlardan Moskvada sodir bo‘lgan kuchli yomg‘irning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Izoh (0)