O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi dushanba kuni Dushanbeda qirg‘izistonlik futbolchilarni taslim qildi, deb ma’lumot berdi O‘FF matbuot xizmati.
Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi shafeligida Tojikiston 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi CAFA Boys Tournament turniriga mezbonlik qilmoqda. Unda mezbon Tojikistondan tashqari O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston termalari ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Aleksandr Mochinov murabbiyligida Osiyo chempionatining saralashiga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar ilk o‘yinda Qirg‘izistonga qarshi maydonga chiqib, 2:1 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Kunning ikkinchi o‘yinida afg‘onistonlik futbolchilar mezbon Tojikistonni 2 ta gol farqi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
CAFA Boys Tournament Dushanbe, Tojikiston 3-iyul, dushanba
Qirg‘iziston U15 — O‘zbekiston U15 1:2
Gollar: Javohir Abdualimov, 21 (0:1). Bekzat Kenjabekov, 48 (1:1). Bo‘ron Mirzasalimov, 69 (1:2).Afg‘oniston U15 — Tojikiston U15 3:1
Gollar: Fardin Nosiriy, 2 (1:0). Fayziddin Nazarov, 41 (1:1). Sayid Ashgur Husayniy, 83 (2:1). Sayid Ashgur Husayniy, 90+6 (3:1).Ma’lumot uchun. Qatarda bo‘lib turgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham Qirg‘izistondan ustun kelgandi — 1:0.
Izoh (0)