Pol Gogenning “To‘y qachon” kartinasi dunyodagi eng qimmatbaho rasm maqomidan mahrum bo‘ldi. Uning narxi 90 million dollarga arzonlab ketdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
2015-yili kartina Qatarning Qatar Museums davlat tashkiloti tomonidan 300 million dollarga sotib olingan edi.
Endi London yuqori sudining apellyatsion qaroriga muvofiq uning narxi 210 million dollarga tushirildi.
Buning natijasida jahonning eng qimmatbaho rasmi sifatida Villem de Kuningning “Ayirbosh” kartinasi tan olindi — u 300 million dollar turadi.
Izoh (0)